The Rector of the Daegu University, Mr. Park Soon Jin has been appointed as Rector's Advisor for International Cooperation and Head of the Center for Korean Studies at the Kimyo International University in Tashkent.

Janob OH SONG Toshkent Kimyo xalqaro universitetining xalqaro hamkorlik boʻyicha rektor maslahatchisi va Koreyashunoslik markazi rahbari lavozimiga tayinlandi.


Bugun Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga rasmiy tashrif bilan Janubiy Koreyaning Degu universitetidan delegatsiya tashrif buyurdi.
Delegatsiyaga Degu universitetining rektori, janob Park Soon Jin boshchilik qildi. Mehmonlarni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori J.Kudaybergenov kutib oldi.
Degu universiteti QS Top Universities Ranking – xalqaro universitetlar roʻyxatida 801 – oʻrinda turadi va hozirgi kunda oʻn besh mingdan ziyod talabalarga ega nufuzli universitetdir. Uchrashuv jarayonida ikki universitet oʻrtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, talabalar almashinuvi, 2+2 va 3+1 taʼlim dasturlarini rivojlantirishga kelishib olindi. Jumladan 2023 yil mart oyidan boshlab Degu universiteti tomonidan Oʻzbekistonga yuqori malakali professor oʻqituvchilarni yuborish uchun ish rejasi tuzib olindi. Hozirgi kunda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining 27 nafar talabasi biznesni boshqarish, moliya, turizm, xalqaro iqtisodiy aloqalar, arxitektura va shahar dizayni, xalqaro marketing, buxgalteriya hisobi, bank ishi va koreys filologiyasi yoʻnalishlarida Degu universitetida 2+2 taʼlim dasturi boʻyicha tahsil olmoqdalar.
Maʼlumot oʻrnida: Joriy yilning 14-18 noyabr kunlari “Mashinasozlik texnologiyasi” yoʻnalishi raxbari Rustamov A. va Hamraev B. rasmiy tashrif bilan “Daegu Global Robot Business Forum - 2022” da ishtirok etgan edilar.
DGRBF - 2022 tomonidan oʻtkaziladigan robototexnika forumida sanoatining rivojlanishi uchun eng yangi robototexnika tendentsiyalarini taqdim qilgan. Toshkent Kimyo xalqaro universitetining vakillari forumda robototexnika yoʻnalishlarida faol hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdi. Shuningdek, ilmiy salohiyat va innovatsion laboratoriyalar asosida tajriba oʻrganish imkoniyatlariga ham katta eʼtibor qaratildi.