None

Janubiy Koreya


Kuni kecha Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Innovatsiya va ilmiy ishlar boʻyicha prorektori Djashid Kaniev va Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mudiri Akmal Rustamov Janubiy Koreyadan xizmat safaridan qaytishdi. Xizmat safari davomida ular bir qator manfaatli hamkorliklarni yoʻlga qoʻyishdi. Jumladan, Hyundai Elevator kompaniyasi va Movex zavodlariga muhandislik yoʻnalishida talabalarni amaliyotga jalb qilish va kelajakda ularni ish bilan taʼminlash masalalari kun tartibida boʻldi. Shuningdek, Koreya Lift kolleji bilan 2+2 dasturi boʻyicha talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik oʻrnatildi.