Janubiy koreyalik talabalar KIUTda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi
Student Mobility Program doirasida Janubiy Koreyadan kelgan talabalar Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Chiroy estetikasi yo‘nalishi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlar davomida talabalar sohada qo‘llaniladigan zamonaviy usullar, amaliy jarayonlar va professional yondashuvlar bilan yaqindan tanishdi. Darslar nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash, shuningdek, talabalar o‘rtasida tajriba almashish imkonini berdi.
Mazkur tashrif xalqaro akademik almashinuvni rivojlantirish va talabalarga turli ta’lim muhitlarida amaliy tajriba orttirish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi.