None

Janubiy Koreyaning Dong-Eui universiteti professor - oʻqituvchilari tomonidan maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagog kadrlar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil qilindi


Janubiy Koreyaning Dong-Eui universiteti professor - oʻqituvchilari tomonidan maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagog kadrlar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil qilindi.

“Oʻzbekistonda kadrlar tayyorlash, oʻqitish va rivojlantirish kompleks markazini qurish orqali maktabgacha taʼlim pedagog kadrlari salohiyatini oshirish loyihasi”doirasida maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagog kadrlar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari boʻlib oʻtdi. Darslar Janubiy Koreyaning Dong-Eui universiteti professor oʻqituvchilari va malakali mutaxassislari tomonidan olib borildi. Kurs tinglovchilariga zamonaviy usullar orqali bolalar fikrini jalb qilish, ota-onalar bilan hamkorlik, kuzatish va baholash, maktabgacha taʼlimda oʻquv jarayonini individuallashtirish va alohida ehtiyojli bolalarga moʻljallangan inklyuziv darslar kabi mavzularda seminar tashkillashtirildi. Seminarga 35 nafar pedagoglar jalb qilindi va ularning orasida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Maktabgacha taʼlim” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Boʻriyeva Aziza Neʼmatovna ham ishtirok etdi.