REPRESENTATIVES OF THE HANYANG UNIVERSITY, ONE OF THE LEADING UNIVERSITIES IN SOUTH KOREA, VISITED THE YEOJU TECHNICAL INSTITUTE IN TASHKENT

JANUBIY KOREYANING TOP OTM REYTINGIGA KIRUVCHI HANYANG UNIVERSITETI VAKILLARI TOSHKENT SHAHRIDAGI YEODJU TEXNIKA INSTITUTIGA TASHRIF BUYURISHDI


Janubiy Koreyaning top OTM reytingiga kiruvchi Hanyang universiteti vakillari Toshkent shahridagi Yeodju texnika institutiga tashrif buyurishdi. Vakillar ikki kun davomida qo‘shma dastur, hujjatlarni topshirish tartibi, grant imkoniyatlari to‘g‘risida talabalarga batafsil ma'lumot berishadi. Shuningdek, Koreyada ta'lim olish istagida bo‘lgan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ladilar.
Eslatib o‘tamiz, 15-16 sentyabr kunlari soat 14:00da va 16:00da Yeodju texnika instituti A blok 108-xonada Hanyang universiteti vakillari o‘zlarining taqdimot prezentatsiyalarini olib borishadi.