JICAning “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jadallashtirish orqali sanoatni rivojlantirish loyihasi” doirasida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Uchrashuvda Yaponiyaning ilg‘or ta’lim tajribasi va zamonaviy texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish, yoshlarga amaliy ko‘nikmalar berish hamda mahalliy va xalqaro kompaniyalar talabiga mos mutaxassislar tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Tomonlar ta’lim dasturlarini sanoat ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish va yoshlarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.