The first edition of the collection of works "Kimyo Arirang"

“Kimyo Arirang” asarlar toʻplamining ilk nashri chop etildi


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Koreys filologiyasi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan koreys adabiyoti toʻgaragida qatnashgan bir qator iqtidorli talabalarimiz hamda oʻqituvchilarimiz tomonidan “Kimyo Arirang” asarlar toʻplamining ilk nashri chop etildi. Talabalarimizning koreys adabiyotiga mehr berib, koreys tilida sheʼr yozishi koreys adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qoʻshadi. Quvonarlisi, universitetda tashkil qilingan koreys adabiyoti toʻgaragi yildan yilga yanada rivojlanib bormoqda. Yana bir bor ushbu mazmunli nashrga hissa qoʻshgan barcha iqtidorli talabalarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.