None

“Kimyo University Hospital” klinikasida Lider bolalar maktabi oʻquvchilari uchun birinchi tibbiy yordam koʻrsatish darsi tashkil qilindi


“Kimyo University Hospital” klinikasida Lider bolalar maktabi oʻquvchilari uchun birinchi tibbiy yordam koʻrsatish darsi tashkil qilindi.

Favqulodda vaziyatlarda samarali harakat qilish uchun birinchi tibbiy yordamni oʻrgatish, ayniqsa maktab oʻquvchilari uchun muhim koʻnikmalar toʻplamidir. Maktab oʻquvchilari uchun birinchi tibbiy yordam darslari nafaqat xavfsiz maktab muhitini taʼminlaydi, balki vaziyatni qanday baholash, yordam chaqirish va professional tibbiy yordam kelguniga qadar dastlabki yordam koʻrsatishni oʻrgatadi.