KIUT bitiruvchisi “MODA YO‘LI” tanlovida Gran-prini qo‘lga kiritib, Angliyada ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi!
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining 2026-yilgi bitiruvchisi Mansurova Sarvinoz “MODA YO‘LI” respublika ko‘rik-tanlovida Gran-pri sohibasi bo‘ldi. U xorijda ta’lim olish va malaka oshirish uchun ajratilgan 100 million so‘mlik dasturni qo‘lga kiritdi. Sarvinoz ushbu imkoniyat doirasida Angliyada bilim va tajribasini oshiradi.
Tanlovda universitetimizning yana ikki nafar talabasi sovrinli o‘rinlarni egalladi:
Qobilova Dilorom — 3-kurs talabasi, “Zamonaviy moda” yo‘nalishida 1-o‘rin.
Pulatova Dildora — 3-kurs talabasi, “Avangard” yo‘nalishida 3-o‘rin.
“MODA YO‘LI” tanloviga respublika bo‘ylab 20 mingdan ortiq ariza kelib tushgan bo‘lib, final bosqichida saralangan 55 nafar yosh dizayner o‘z kolleksiyalarini namoyish etdi.
Tanlov Yoshlar ishlari agentligi, “Qizlar ovozi” klubi va Dizaynerlar klubi tomonidan tashkil etildi.