KIUT delegatsiyasi "Hanyang University"da
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Hanyang University universitetiga tashrif buyurdi.
Delegatsiyani Hanyang University prezidenti Lee Ki-jeong qabul qildi. Uchrashuvda universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha rahbariyati, College of Medicine vakillari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Muzokaralarda talabalar almashinuvini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, akademik va ilmiy tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Hanyang Universityning ta’lim, tadqiqot va universitet boshqaruvidagi tajribasini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.
Hanyang University QS World University Rankings 2027 reytingida 155-o‘rinda qayd etilgan. Universitet muhandislik, tibbiyot va ilmiy ishlanmalarni sanoat bilan integratsiya qilish yo‘nalishlarida katta tajribaga ega.