KIUT delegatsiyasi Koreyaning PRENEU DroneIT kompaniyasida
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti delegatsiyasi Janubiy Koreyaning dron texnologiyalari bo‘yicha yetakchi kompaniyalaridan biri — PRENEU DroneIT faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida delegatsiya dronlarni loyihalash, ishlab chiqarish, yig‘ish va sinovdan o‘tkazish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi hamda kompaniya rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralarda dron texnologiyalari, sun’iy intellekt va raqamli boshqaruv tizimlari yo‘nalishida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, mutaxassislar tayyorlash, dronlarni O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazish va texnologiyalarni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlik zamonaviy dron texnologiyalarini ta’lim, ilm-fan va amaliyot bilan integratsiya qilishga qaratilgan.