KIUT nufuzli UI GreenMetric xalqaro reytingidan joy oldi!
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) navbatdagi xalqaro muvaffaqiyatni qoʻlga kiritdi — universitetimiz dunyo oliygohlarining ekologik barqarorligi va "yashil" kampus koʻrsatkichlarini baholovchi UI GreenMetric World University Rankings roʻyxatiga rasman kiritildi!
UI GreenMetric nima? Bu global reyting dunyodagi yetakchi universitetlarning atrof-muhit muhofazasi, energiya samaradorligi, chiqindilarni boshqarish, suv resurslaridan unumli foydalanish hamda ekologiya yoʻnalishidagi taʼlim va tadqiqotlarini baholaydi.
Bu nimani anglatadi? KIUT nafaqat zamonaviy va sifatli taʼlim berish, balki:
"Yashil" va ekologik toza kampus muhitini yaratish;
Energiya va resurslarni tejovchi innovatsion yechimlarni joriy etish;
Talabalarda ekologik madaniyat va masʼuliyatni shakllantirish boʻyicha xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlanmoqda.
Biz kelajak avlod uchun barqaror va xavfsiz muhit yaratishda davom etamiz!
Batafsil maʼlumot: https://uigreenmetric.com/university/kiut.uz