KIUT talabalari dinlararo bag‘rikenglik mavzusida ma’ruza qildi
12-noyabr kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetining (KIUT) “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi talabalari Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan “Bag‘rikenglik madaniyati: millatlararo totuvlik va xilma-xillikka hurmat” mavzusidagi oliy ta’lim muassasalariaro ilmiy-ma’rifiy davra suhbatida ishtirok etdi.
Tadbir G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filialida bo‘lib o‘tdi.
KIUT talabalari Artur Grabovich va Anoraxon Son “Xilma-xillikdagi birlik: O‘zbekistonda dinlararo bag‘rikenglik” mavzusida ma’ruza qilib, mamlakatimizdagi diniy xilma-xillik, o‘zaro hurmat va konfessiyalararo totuvlikni saqlash masalalariga to‘xtaldi.
Davra suhbatida yoshlarning millatlararo totuvlikni mustahkamlash va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishdagi o‘rni ham muhokama qilindi.