KIUT va Energetika muammolari instituti ilmiy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi
19-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti vakillari B. Erkinov va F. Tolipov Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Mehmonlar universitetning Energetika va amaliy fanlar kafedrasi mudiri M. Sherboyev hamrohligida mexatronika, elektronika, robototexnika va muqobil energiya manbalari laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuvda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energetika tizimlari va robototexnika yo‘nalishlarida qo‘shma tadqiqotlar olib borish, innovatsion loyihalar ishlab chiqish hamda laboratoriyalardan hamkorlikda foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, ilmiy xodimlar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma seminarlar tashkil etish hamda ikki muassasa o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash masalalari ko‘rib chiqildi.