KIUTda eng yaxshi startap va innovatsion g‘oyalar mualliflari taqdirlandi
Xalqaro talabalar kuni arafasida Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Eng yaxshi startap g‘oyasi” va “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” tanlovlari g‘oliblari taqdirlandi.
Tanlovlar davomida talabalar turli sohalardagi muammolarga yechim taklif etuvchi loyihalarini taqdim etdilar. Ular orasida ta’lim, raqamli texnologiyalar, tibbiyot va kundalik hayotni yengillashtirishga qaratilgan ishlanmalar ham o‘rin oldi.
Loyihalarni baholashda g‘oyalarning yangiligi, amaliy ahamiyati va kelgusida rivojlantirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.