KIUTning ikki nafar bitiruvchisi Yaponiya kompaniyasiga ishga qabul qilindi
“Arxitektura va shaharsozlik” yo‘nalishi bitiruvchilari Ravshan Ravshanbekov va Davronbek Rahimov Yaponiyaning Okinava prefekturasidagi TOP-5 qurilish va loyihalash kompaniyalaridan biri — Setsubi Giken’ga ishga qabul qilindi.
Endilikda bitiruvchilarimiz o‘z faoliyatini xalqaro kompaniyada davom ettiradi. Ularga yangi ish faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.