None

Kunduzgi, kechki bakalavriat va magistratura taʼlim yoʻnalishlari talabalari uchun ajoyib yangilik


Kunduzgi, kechki bakalavriat va magistratura taʼlim yoʻnalishlari talabalari uchun ajoyib yangilik. Endilikda siz dars jadvalingizni Telegram Bot  https://t.me/timetablekiut_bot orqali tez va oson bilib olishingiz mumkin. Shunchaki, start tugmasini bosib, tilni tanlaysiz va guruhingiz nomini kiritasiz. 

“Axborot tizimlari muhandisligi” yoʻnalishining 3-kurs talabalari Abduhamidov Abdurahmon, Nabiyev Sanjarxon tomonidan ushbu bot talabalarga qulaylik yaratish maqsadida yaratildi. Bot hozirda test rejimida ishlamoqda.

P.S.: Hurmatli sirtqi taʼlim shakli talabalari, Sizlar botdan oflayn darslar boshlanganda foydalana olasiz.