None

Kuni kecha Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga (TKXU) Riga texnika universitetining (RTU) qabul boʻyicha bosh menejeri Prof. Elina Norsiyese va universitet qoshidagi Riga biznes maktabi direktori Prof. Jolanta Jurevisa tashrif buyurdi


Kuni kecha Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga (TKXU) Riga texnika universitetining (RTU) qabul boʻyicha bosh menejeri Prof. Elina Norsiyese va universitet qoshidagi Riga biznes maktabi direktori Prof. Jolanta Jurevisa tashrif buyurdi.

Mehmonlarni TKXUning rektori v.b. prof. Karimjon Axmedjanov kutib oldi. Uchrashuv davomida RTU hamda TKXU oʻrtasidagi besh yillik hamkorlik natijalari sarhisob qilindi. Asosiy urgʻu Erasmus dasturiga berildi. Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan va dunyo boʻylab taʼlim almashinuvlar va xalqaro hamkorlikni ragʻbatlantirishga qaratilgan dastur TKXUning ilmiy salohiyatini oshirishga koʻmak berishi taʼkidlandi. Ushbu dastur orqali, talabalar bir yoki bir necha semestr davomida chet el universitetlarida taʼlim olishi, ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashish va yangi madaniyatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Shuningdek, Erasmus dasturi oʻqituvchilar va tadqiqotchilarni ham qamrab oladi, ularning xalqaro hamkorlikda ishtirok etishini, bilim va tajribalarini almashishini taʼminlaydi.