Cooperation with Italian universities in the direction of "Fashion Design"

“Liboslar dizayni” yoʻnalishida Italiya universitetlari bilan hamkorlik


Hozirda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori J.Kudaybergenov boshchiligidagi delegatsiya Italiyaning Peskara dizayn universitetida xizmat safarida boʻlib turishibdi.  
 
Delegatsiya aʼzolarning birinchi ishchi tashrifi Peskara dizayn universitetidan boshlandi. Mehmonlarni universitet direktori Maurizio Lepore kutib oldi. Birinchi kun vakillarimiz Peskara dizayn universitetida talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, laboratoriya, workshop zonalari va oʻquv tizimi bilan yaqindan tanishtirildi. Ahamiyatli jihati, universitetda taʼlim uch yillik boʻlib, yiliga 3 ta yoʻnalishga atigi 60 ta talaba qabul qilinar ekan. Hamda har bir talaba bilan individual ishlanib, Universitet moda va dizzyin olamiga professional darajadagi dizaynerlarni tayyorlar ekan.  
 
Tashrifning ikkinchi kuni, yaʼni bugun universitetimiz vakillari Toshkent Kimyo xalqaro universiteti toʻgʻrisida, xususan “Liboslar dizayni” yoʻnalishi boʻyicha taqdimot qilishi kutilmoqda. Kun tartibida muhokama qilinadigan dolzarb masalalardan bir - bu oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ikki tomonlama talabalar va mutaxassislar almashinuvini amalga oshirishdan iborat. 
 
Eslatib oʻtamiz, delegatsiya aʼzolari ichida “Liboslar dizayni” yoʻnalishining rahbari va oʻqituvchilari ham qatnashmoqda.  
 
Сотрудничество с итальянскими вузами по направлению «Дизайн одежды».