None

“Markaziy Osiyo xalqlarining taomlanish madaniyati va tarixi”


Toshkent Kimyo xalqaro universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohatlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200 qarori 9-bandida belgilangan topshiriq doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazishni rejalashtirgan.

Ma’lumki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining turizm salohiyati ortib bormoqda. Ayniqsa, gastroturizm yo‘nalishida dunyoga yanada tanilmoqda. O‘zbekistonda gastroturizmni rivojlantirish, jahonda tutgan o‘rni, tarixiy asoslari, ilmiy-amaliy jihatlarini belgilashda xalqaro konferentsiyalarning ahamiyati kattadir. Shu munosabat bilan, Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Tarix” kafedrasi  tomonidan 2024-yil 3-may kuni “Markaziy Osiyo xalqlarining taomlanish madaniyati va tarixi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o‘tkazilishini ma'lum qiladi. 

Anjuman quyidagi sho‘balar bo‘yicha faoliyat olib borishi belgilangan:

  1. Jahon tajribasida taomlarning insoniyat moddiy madaniyatining muhim komponenti sifatida o‘rganilishi (tarixshunoslik);
  2. Qadimgi va о‘rta asr manbalarida taomlanish madaniyatining aks etishi (manbashunoslik);
  3. Markaziy Osiyo xalqlari tarixida taomlanish: kundalik, ziyofatlar va to‘ylardagi taomlanish masalalari;  
  4. Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasida taomlanish etiketi: an’ana va innovotsiyalar;
  5. О‘zbekiston gastroturizmda taomlanish  madaniyatining ahamiyati masalalari.

Konferensiyada xorij va respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari va tadqiqotchilari hamda magistr talabalar ishtirok etishi mumkin.

Konferensiya maqolalari elektron va kitob shaklida nash etiladi.

To‘plamda e’lon qilingan har bir maqolaga DOI (Crossref) raqami beriladi va u sertifikatda aks etadi. Nashr etlgan maqolalar quyidagi bazalarda indekslanadi: Google scholar, Doi, ISSN, Open Air, Universial Impact factor.

Maqolalar matni 5-10 bet hajmda, uch tildagi (o‘zbek, rus, inliz) annotatsiyasi bilan elektron ko‘rinishda jo‘natilishi lozim. Maqola matni Microsoft Word dasturida, Times New Roman shrifti 14 kegel kattaligida; 1,5 intervalda, chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqoridan va pastdan 20 mm joy qoldirilgan holda shakllantirilishi  lozim.

•  Anjuman materiallariga o‘zbek, rus va ingliz tillarida maqolalar taqdim etish mumkin.

•  Maqola mavzusi bosh harflarda ko‘rsatiladi, uning yuqorisida, o‘ng burchakdada muallifning ismi-sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyining to‘liq nomi ko‘rsatiladi; maqola nomidan 2 interval tashlab matn keltiriladi.

•  Barcha iqtiboslar kvadrat qavsda berilib, muallif familiyasi va sahifasi ko‘rsatiladi [Muallif: 65].

•  Maqolani  saqlashda muallif familiyasi yoziladi (Masalan:  Aminov B.doc)

Talablarga javob bermaydigan ilmiy maqolalar konferensiya materiallari to‘plamiga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi hamda izoh berilmaydi. Konferensiya materiallari to‘plami ishtirokchilarga elektron shaklda konferensiya o‘tkazilganidan keyin tarqatiladi.

Tashkiliy qo‘mitaga kelib tushgan ilmiy materiallar konferentsiya mavzusiga mos ravishda tanlanadi va qabul qilinadi.  

Konferentsiyaga  taqdim qilingan maqolalar uchun to‘lov qilinmaydi.

Shu munosabat bilan konferentsiyaning barcha ishtirokchilaridan maqolalarni 2024-yil 15-aprelga qadar quyidagi manzillardan biriga yuborishingiz so‘raladi:

Pochta manzili: nabinarziev04@gmail.com;  ula8286@gmail.com

Vebsayt: www.history.kiut.uz   

Aloqa uchun telefon va telegram raqamlari: +998903700573,  +998339053901

Tashkiliy qo‘mita manzili: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasi-156. (Rochta indeksi: 100126) Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, “Tarix” kafedrasi, B bino, 807-xona.

 

Mas'ullar: N. Narziyev,  U. Xalmuminov,  S. Abdusodiqov.

 

Tashkiliy qo‘mita