Mudofaa vazirligi va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Hamkorlik sun’iy intellekt, robototexnika, raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Shuningdek, tomonlar yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni almashishni rejalashtirgan.