GRANTS for talented and gifted students applying to one of 9 faculties of the School of Engineering!

Muhandislik maktabiga kiruvchi taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirayotgan iqtidorli va bilimli abituriyentlarga GRANTLAR eʼlon qilamiz!


Hurmatli abituriyentlar!

Muhandislik maktabiga kiruvchi taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirayotgan iqtidorli va bilimli abituriyentlarga GRANTLAR eʼlon qilamiz!

Siz oʻz bilimingiz orqali kontrakt toʻlov summasini bir oʻquv yili uchun  22.000.000 soʻmdan 0 gacha tushirishingiz mumkin!

Bu nima degani va u qanday ishlaydi?

Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar uchun quyidagi shaklda foiz va kontrakt summalari belgilanadi:
13%     —   0 soʻm
13%     —   6 600 000 soʻm
14%     —   8 800 000 soʻm
15%     —   11 000 000 soʻm
15%     —   15 400 000 soʻm
15%     —   17 600 000 soʻm
qolganlar 22 000 000 soʻm
Talabalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari 1- chi oʻquv yili kirish imtihon natijalariga koʻra, keyingi oʻquv yillarida esa talabaning oʻzlashtirgan ballari oʻrtacha qiymati (GPA) koʻrsatkichlariga asosan shakllanadi.


!!! Muhim
Grantlar har oʻquv yili yakunida talabaning oʻzlashtirish koʻrsatkichi asosida qayta taqsimlanadi.
Agar siz oʻz bilimingizga ishonsangiz, unda bu siz uchun ajoyib imkoniyat.
Lekin avval kech boʻlmasdan, admission.kiut.uz saytidan roʻyxatdan oʻting!