Educational project "Seeds for the Future" by Huawei launched in Uzbekistan for the eighth time.

Oʻzbekistonda sakkizinchi bor Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” taʼlim loyihasiga start berildi.


2022-yil 14-noyabr kuni Oʻzbekiston talabalari uchun Huawei kompaniyasining hisob boʻyicha sakkizinchi “Seeds for the Future”  taʼlim loyihasini ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining 3 nafar talaba qizlari ham saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, loyihada qatnashish imkoniga ega boʻldilar. Shuningdek, universitetimiz nomidan tadbirni ochilish marosimida oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektor prof. Byong-Ryeol Jo ishtirok etib, qatnashchilarga yangi tajriba va ilm olishlarida shijoat va mehnat doimiy hamroh boʻlishini tilab qoldilar.
“Seeds for the Future” loyihasi butun dunyo boʻylab minglab talabalarni yagona hamjamiyatga birlashtirgan oʻziga xos tadbir boʻlib, u talabalarga raqamli bilimlarini mustahkamlash va yangi koʻnikmalarni egallash, dunyoqarashini kengaytirish va yangi doʻstlar orttirish imkonini beradi. Loyiha ishtirokchilari universitetlarni tamomlab, osongina IT-mutaxassislariga aylanishadi va butun AKT sohasini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshadilar.