KIUT representatives met with the Managing Director of the Transformation Office of “Uzmilliybank” JSC - Deputy Chairman of the Board Alimov Bahadir

“Oʻzmilliybank” AJ Transformatsion ofis boshqaruvchi dirеktori — Boshqaruv Raisi oʻrinbosari Alimov Bahodir va KIUT vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi


Bugun, 8 noyabr tongda “Oʻzmilliybank” AJ Transformatsion ofis boshqaruvchi dirеktori — Boshqaruv Raisi oʻrinbosari Alimov Bahodir va KIUT vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida talabalarni ishga joylash hamda amaliy mashgʻulotlarni oʻtash uchun shart-sharoitlar yaratish istiqbollari koʻrib chiqildi. Shuningdek, taklif va tashabbuslarni roʻyobga chiqarish boʻyicha “yoʻl xaritasini” tayyorlash masalasi kelishib olindi. 
Uchrashuvda sirtqi taʼlim yoʻnalishi rahbari U.Vosiqov va hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha boʻlim boshligʻi M.Mirzakhmedov ishtirok etdi.