The association «O‘zsanoatqurilishmateriallari»

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlik


Kuni kecha Toshkent Kimyo xalqaro universitetining qurilish kafedrasi mudiri Inamov Baxodir boshchiligidagi ishchi guruh universitet hamkori - “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi taklifiga ko‘ra uyushma bosh ofisiga tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning joriy holati va ushbu aloqalarini kuchaytirish bo‘yicha fikrlar almashdilar. Qurilish sanoatini jadal rivojlantirish va deversifikasiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy qurilish materiallarini sinovdan o‘tkazish hamda investisiyalarni jalb qilish maqsadida hamkorlikda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash istiqbollari muhokama qildilar. Suhbat yakunida ishchi guruh uyushma infratuzilmasi, jumladan, maxsus laboratoriyalar bilan tashishdilar. Universitet talabalari ushbu laboratoriyalarda tadqiqotlar olib borish va amalyot oshirish imkoniyatiga egalar.