None

Praga menejment va texnologiya instituti rektori prof. Umar Burxanov va xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori prof. Aleksandr Skrebeinko amaliy tashrif bilan Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdilar


Praga menejment va texnologiya instituti rektori prof. Umar Burxanov va xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori prof. Aleksandr Skrebeinko amaliy tashrif bilan Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdilar. Vakillarni TKXU taʼsischisi A. Vaxobov va rektor v.b. K. Axmedjanov kutib oldilar.

Zamonaviy taʼlim va fan sohasida xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Yangi oʻquv yilidan talabalar almashinuvi va yangi oʻquv dasturlarini joriy qilish rejalari ishlab chiqildi.

Bu kabi hamkorlik taʼlim sifatini oshirish, tadqiqotlar doirasini kengaytirish va talabalar hamda oʻqituvchilarning xalqaro bilim va tajribalarini boyitish imkonini beradi. Shu maʼnoda Praga menejment va texnologiya instituti va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasidagi hamkorlik tomonlarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirishda muhim qadam boʻlishi mumkin.