• Vakansiya
  • KPI Oʻqituvchilar
  • Aloqa
  • Tez havolalar
    • Dars jadvallari
    • Intranet
    • Intranet (Sirtqi taʼlim)
    • Kutubxona
    • E-pochta
    • Talabalar baholari
    • ID kartani tiklash
    • Davomat
    • Konferentsiyalar
  • facebook icon
  • telegram icon
  • linkedin icon
  • youtube icon
  • instagram icon
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
  • Universitet arrow icon

    Universitet

    • Biz haqimizda
    • Rektorning kutib olish nutqi
    • Missiyamiz
    • Bizning jamoamiz
    • Ichki fayllar
    • Ichki qoidalar
    • Vazirlar Mahkamasining qarori
    • Barqaror rivojlanish maqsadlari
    • Rektorga murojaat
    • Erasmus
    • KIUT Shop
    • Talabalar uyushmasi
    • Kafedralar
    • Bo'limlar
  • Dasturlar arrow icon

    Dasturlar

    • Bakalavr dasturlari
    • Magistratura dasturlari
    • Kechki ta'lim
    • Sirtqi ta'lim
    • Oʻqishni koʻchirish
    • Taʼlim granti, Moliyaviy koʻmak
    • Bepul onlayn kurslar
    • Muhandislik maktabi
    • Biznes va moliya maktabi
    • Taʼlim maktabi
    • Sanʼat maktabi
    • Tibbiyot maktabi
  • Qabul arrow icon

    Qabul

    • Magistratura
    • Qoʻshma magistratura dasturi Malayziya
    • Xalqaro talabalar
    • Koreyada taʼlim
    • Koʻp beriladigan savollar
    • Qabul Toshkent shahri
    • Qabul Namangan shahri
    • Qabul Samarqand shahri
    • MBA AlmaU
  • Tadqiqot arrow icon

    Tadqiqot

    • Ilmiy kengash
    • Axborot - resurs markazi
    • Malakaviy imtihon
    • Doktorantura
    • Innovatsion markaz
    • Ilmiy boʻlim
    • Konferentsiyalar to'plami
    • Ilmiy jurnallar
  • Filiallar arrow icon

    Filiallar

    • Namangan
    • Samarqand
  • Yangiliklar
  • en
  • ru
None

Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish nima sababdan qaror qilindi?


Hammamizga yaxshi ayonki, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng qadimiy, shu bilan birga o‘z o‘rni va ahamiyatini yo‘qotmaydigan tayanch sohalaridan biri hisoblanadi. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak respublika yalpi ichki mahsulotning qariyb 30%i mazkur tarmoq hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimiz aholisining yarmi qishloq joylarda istiqomat qilishini inobatga olsak, tabiiyki, ularning turmush farovonligi ko‘p jihatdan qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq. O‘z navbatida ta’kidlash lozimki, ayni vaqtda butun dunyo miqyosida oziq-ovqat xavfsizligiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, respublikamiz taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarish vazifasi va jahonda oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshib borayotgani agrar sohani tubdan isloh qilishni, unga bozor mexanizmlari, ayniqsa, innovatsion va tejamkor texnologiyalarni, investitsiyalarni keng jalb qilishni taqozo etmoqda. 

So‘nggi yillarda, respublikaning qishloq xo‘jaligi sohasini tubdan rivojlantirish yuzasidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, jumladan, sohaga investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda, innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ishlari yanada jadallashtirilmoqda, infratuzilma va moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shuningdek respublikada mahsulot yetishtirishdan tortib, uni sotishgacha bo‘lgan agrobiznesning yaxlit zanjirini o‘z ichiga qamrab olgan klaster tizimini tashkil etish va rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zlashtirish va foydalanishga qayta kiritish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Masalan oxirgi yillarda hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alla maydonlari o‘rniga meva-sabzavot va ozuqa ekinlarini yetishtirishga ahamiyat berilmoqda, jumladan intensiv bog‘lar hamda tokzorlar, shuningdek zamonaviy issiqxonalar barpo etilmoqda.

Shuningdek chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish dasturlari doirasida qoramolchilik, qo‘y va echkichilik, parrandachilik kabi ko‘plab xo‘jaliklar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda, chorvachilik va baliqchilik sohasining ichki imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda, shuningdek ularga davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatilmoqda.

Bu o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijalarining xalqaro talablarga javob beradigan hisob-kitoblar tizimini tashkil etish, statistik kuzatuvlarni o‘tkazish usullarini yanada kengaytirish va takomillashtirish yuzasidan aniq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Bunda, qishloq xo‘jaligi subyektlarining batafsil tavsiflarini olish va qishloq xo‘jaligi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, agrar sektorning holati va tuzilishi to‘g‘risidagi rasmiy statistik ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida, qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirini amalga oshirish muhim hisoblanadi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari umuman amalga oshirilmagan. Bu esa o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi yer maydonlari, asosiy turdagi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari tarkibiga keskin ta’sir ko‘rsatgan o‘zgarishlar, respublika qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlarining joriy hisobi bo‘yicha mavjud ma’lumotlarni qo‘llashni sezilarli darajada cheklamoqda.


6

6. Toza suv va sanitariya
9

9. Sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma
  • Dars jadvallari
  • Intranet
  • Intranet (Sirtqi taʼlim)
  • Kutubxona
  • E-pochta
  • Talabalar baholari
  • Talabalarning davomati
  • Davomat
  • ул. Шота Руставели, 156, 100121 Ташкент
  • +998 78 129 40 40
  • info@kiut.uz

Copyright © 2024 KIUT. All rights reserved

facebook twitter linkedin linkedin instagram