Winter also has its advantages

Qishning ham ziynati bor


Biz dam olish kunlarini talabalar bilan tabiat qoʻynida oʻtkazdik. Qirgʻiziston bilan chegaradosh boʻlgan togʻ-yon bagʻrida joylashgan mashhur Paltau sharsharasi va qadimiy Obi-Rahmat gʻoriga ekskursiyamiz 8 km uzoqlikni tashkil qildi. Ekskursiyamiz ona tabiatimizning goʻzalliklarini tomosha qilish bilan birga jamoa boʻlib bir-birimizga yordam berish, yangi doʻstlar orttirish kabi foydalarga toʻla boʻldi.