None

QS World University Ranking dunyoning eng yaxshi universitetlarining 20 yillik yubiley reytingini eʼlon qildi


Qozogʻiston universitetlari orasida Global reytingga Satbayev universiteti 23,9 ball bilan kuchli TOP uchlikdan joy oldi.

Xoʻsh, eng yaqin hamkor universitetlarimizdan biri, Satbayev universiteti bilan MUHANDISLIK yoʻnalishlarida qanday kelishuvlarga erishildi?

Hozirda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining rektori J.Kudaybergenov, Innovatsiya va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor J.Kaniyev bilan Qozogʻistonda rasmiy safarda boʻlib turishibdi. Hamkorlik doirasida quyidagi masalalar amalga oshirilmoqda:
Kosmik texnologiyalar yoʻnalishi boʻyicha 2+2 dasturini tashkil etish uchun shartnoma imzolash, buning uchun ishlab chiqilgan oʻquv dasturini tasdiqlash.
Universitetlar oʻrtasida hamkorlikdagi amaliy va innovatsion loyihalarga start berish.
Universitetlar professor xodimlarining hamkorlikda ilmiy ishlar bilan shugʻullanishi va hamkorlikda maqolalar chop etish masalasi.Professor-oʻqituvchilar almashinuviga start berish.

Eslatib oʻtamiz, bu yil ushbu universitet bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda yagona boʻlgan “Kosmik texnologiyalar” yoʻnalishiga qabul eʼlon qilgan edik.