None

Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining IV-Xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtdi


Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining IV-Xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

Olimpiadada jahonning oʻnga yaqin davlatlaridan, jumladan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Belorussiya va Ukraina davlatlarining 84 ta tibbiyot oliygohlaridan oflayn tarzda 670 nafar va onlayn tarzda 4141 nafar talabalar, xorijiy tibbiyot muassasalari rektorlari hamda 80 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining tibbiyot yoʻnalishi talabalari ham gistologiya (2-oʻrin), patologik anatomiya (3-oʻrin), bolalar kasalliklari propedevtikasi (3-oʻrin), tibbiyot tarixi (3-oʻrin) kabi yoʻnalishlarda 7 nafar talabamiz faxrli nominatsiyalarni qoʻlga kiritishdi. Gʻolib deb topilgan ishtirokchilar diplom, sertifikat hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.