The winner of the competition from Huawei was announced as part of the "Seeds for the Future" project

“Seeds for the Future” loyihasi gʻolibi eʼlon qilindi


“Axborot tizimlari muhandisligi” yoʻnalishining 3 — kurs talabasi Oleg Pak “Seeds for the Future” loyihasi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda gʻolib boʻldi. Tanlov natijasiga koʻra, talabamiz Qatarning Doha va BAAning Dubay shahrida malaka oshirish imkoniyatini beruvchi yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 
Joriy yilning iyun oyida Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” loyihasida qatnashish uchun tanlov eʼlon qilingani haqida xabar bergan edik. Ushbu tanlovda Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda joylashgan hamkor universitetlar talabalari ishtirok etish huquqiga ega. Xalqaro tanlovdan muvoffaqiyatli oʻtgan talabamizni chin dildan tabqiklaymiz, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz. Ha, aytgancha, hozirda Oleg nafaqat bizning iqtidorli talabamiz, balki xalqaro EPAM Uzbekistan kompaniyasida dastur muhandisi hamdir.