Semyung universiteti bilan akademik hamkorlik muhokama qilindi
Semyung universiteti rektori Kvon Donghyun boshchiligidagi delegatsiya Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida akademik hamkorlik va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muzokaralarda Semyung universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha vakillari Kim Sung Han va Jeong Seongryeon hamda Toshkent Kimyo xalqaro universitetining ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Jamshid Mahmudovich Kaniyev ishtirok etdi.