Engineering and Traffic Management

Shahar koʻcha-yoʻl tarmogʻini rejalashtirish


Toshkent davlat transport universiteti tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari uchun “Yoʻl harakatini tashkil etish va yoʻl infratuzilmalarini nazorat qilish” yoʻnalishi boʻyicha 180 soatlik malaka oshirish tashkil etilgan. Ushbu malaka oshirish dasturiga muvofiq “Shahar koʻcha-yoʻl tarmogʻini rejalashtirish” moduli boʻyicha Toshkent Kimyo xalqaro universiteti “Yoʻl harakati muhandisligi va boshqaruvi” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan nazariy va amaliy darslar olib borildi.