None

Sogʻliqni saqlash sohasida dunyo miqyosida kattaligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda, Yaqin Sharqda esa eng yirik hisoblangan “Arab Health - 2024” koʻrgazmasida vakillarimiz ishtirok etdi


Sogʻliqni saqlash sohasida dunyo miqyosida kattaligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda, Yaqin Sharqda esa eng yirik hisoblangan “Arab Health - 2024” koʻrgazmasida vakillarimiz ishtirok etdi.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va “Kimyo university Hospital”ning delegatsiya aʼzolari dunyo miqyosida kattaligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadigan, Yaqin Sharqda esa eng yirik hisoblangan “Arab Health 2024” koʻrgazmasida ishtirok etishdi. Delegatsiyaga moliya-xoʻjalik ishlari boʻyicha prorektor Sh. Badalov boshchilik qildi. Koʻrgazma Dubay jahon savdo markazida 29 yanvardan 1 fevralgacha boʻlib oʻtdi. Shuningdek, koʻrgazma dasturiga koʻra 2024 yil 8 yanvardan 15 fevralgacha boʻlgan ikki oylik onlayn tadbirlarni ham oʻz ichiga oladi. 45 yildan ortiq vaqt davomida koʻrgazma va konferentsiyada mintaqa mamlakatlari: Saudiya Arabistoni, Ummon, Quvayt, Bahrayn, Qatar, Eron, Iroq va dunyoning aksariyat davlatlarining sogʻliqni saqlash boshqarmalari rasmiy delegatsiyalari ishtirok etib kelmoqda. Har yili koʻrgazmaga 68 mamlakatdan 4000 dan ortiq eksponentlar tashrif buyurishadi, jumladan YIJ mamlakatlari, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va Shimoliy Afrika. Koʻrgazma har yili butun dunyodan 97 000 ga yaqin tashrif buyuruvchilarni jalb qiladi. Koʻrgazma va konferentsiyada 13 mingga yaqin tibbiyot fanlari doktorlari va 1100 dan ortiq farmatsevt ishtirok etib keladi. Koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilar doirasi juda keng - sogʻliqni saqlash vazirligi vakillaridan tortib farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari, boʻlim boshliqlari va taʼminot menejerlarigacha. Tadbir potensial mijozlar bilan aloqa oʻrnatish imkoniyati bilan bir qatorda, “Arab Health 2024” koʻrgazma ishtirokchilariga mahsulot taqdimotlarini oʻtkazish imkoniyatini beradi.