None

Sport orqali birdamlik va irodani mustahkamlash yohud talabalar futbol chempionati


Sport orqali birdamlik va irodani mustahkamlash yohud talabalar futbol chempionati.

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida har yili oʻtkaziladigan talabalar ichki futbol chempionatidan maqsad nafaqat gol urish, balki doʻstlik va sport mahoratini rivojlantirishga qaratilgan edi.
Deyarli ikki oy mobaynida saralash musobaqalarining xotimasi, oʻtgan hafta shanba va yakshanba kunlari Vosiq International School and Kindergarten futbol maydonida boʻlib oʻtdi.

Final bosqichida “Arxitektor” va “Cincinnati” jamoalari maydonda oʻzaro bellashishdi. Turli yoʻnalish talabalaridan tarkib topgan “Cincinnati” jamoasi 1-oʻrinni, 2-oʻrinni “Arxitektor” jamoasi va 3-oʻrinni “Dream” jamoasi qoʻlga kiritdi.

Gʻolib deb topilgan jamoa kelajakda TKXU nomidan turli futbol musobaqalarida ishtirok etish huquqiga ega boʻldi. Jamoani sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlash marosimi joriy yilning 25 dekabr kuni boʻlib oʻtadi.

Uzoq intizorlik va tayyorgarlikning yakuni boʻlgan ushbu chempionat hamjihatlik va sogʻlom raqobat ruhini oʻzida mujassam etdi.