Statistika va ekonometrikaning zamonaviy usullari — Germaniya professori nigohida
Germaniyaning Technical University of Munich professori A.V. Min Kimyo International University in Tashkentda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun zamonaviy yondashuvlar asosida ma’ruza va mahorat darslarini o‘tkazdi.
Tashrif davomida universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi hamda ilmiy tajriba almashildi.