None

«Talabalar - Ilmiy tadqiqotchilar: qarashlar va istiqbollar»


Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot yoʻnalishi taʼlim jarayonida oʻquv, ilmiy - tadqiqot va xalqaro hamkorlik faoliyatini faollashtirish maqsadida 2024 yil 1 fevral kuni Irkutsk davlat tibbiyot universiteti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlikda «Talabalar - Ilmiy tadqiqotchilar: qarashlar va istiqbollar» xalqaro talabalar ilmiy - amaliy anjumani tashkil etildi.

Mazkur anjumanda Irkutsk davlat tibbiyot universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot yoʻnalishida tahsil olayotgan 33 nafar talabalar ilmiy izlanishlari natijalarini mohirona taqdim etdilar. Boʻlgʻusi shifokorlar oʻz ilmiy tadqiqot ishlarida dolzarb boʻlgan muammolarni yoritib, oʻz tengdoshlari bilan fikr almashdilar. Hayʼat aʼzolari tomonidan har bir taqdimot xolisona baholandi. Shuni taʼkidlash lozimki, TKXU talabalari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar, ularning oʻziga xosligi hamda taqdimot qilish koʻnikmalariga nisbatan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan ijobiy fikrlar bildirildi. Talabalarimizning 7 nafari faxriy oʻrinlarni egalladilar. Tashrif buyurgan talabalarga esdalik sovgʻalari taqdim etildi. Mazkur anjuman talabalarning kelgusida ilmiy tadqiqot yoʻnalishida faol boʻlishlariga zamin yaratadi.