None

Talabalarimiz uchun Yaponiyaning ilgʻor kompaniyalarida amaliyot oʻtash istiqbollari muhokama qilindi


Joriy yilning 7 sentabr kuni Noritsuisu Co. Ltd. va ACES Japan (Yaponiya) kompaniyalarining rahbarlari hamda yapon tadbirkor vakillaridan iborat delegatsiya Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni “Arxitektura va shaharsozlik” yoʻnalishi rahbari K.Saidov va Hamkorlikni rivojlantirish boʻlimi rahbari M. Mirzahmedov kutib oldilar. Tashrifdan koʻzlangan maqsad - universitet va Yaponiya kompaniyalari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini oʻrnatish hamda istiqbolli kadrlarni Yaponiyaning ilgʻor kompaniyalarida malaka oshirishlari uchun shart-sharoit yaratib berishdir. Yaponiyaning yetakchi kompaniyalarida amaliyot oʻtash uchun dolzarb yoʻnalishlar sifatida arxitektura va qurilish, turizm, muhandislik va texnologiya, biznes boshqaruvi kabi sohalarga katta eʼtibor qaratilmoqda. Amaliyot yakunida ish joyiga qiziqish bildirgan va oʻz taʼlim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan iqtidorli nomzodlarga ish faoliyatini boshlash imkoniyati ham taqdim etiladi, — deya taʼkidlandi uchrashuvda.