None

Talabamiz Oleg Pak jamoasi Dubayda boʻlib oʻtgan mintaqaviy #TECH4GOOD tanlovida gʻolib deb topildi


Oʻzbekistonlik sakkiz nafar talabadan iborat “Techno Mind” jamoasi “Aquatibia” loyihasini taqdim etgan holda #TECH4GOOD eng yaxshi loyihasi tanlovida birinchi oʻrinni egalladi. 14-sentabr kuni Dubay shahrida #Huawei Seeds For The Future flagman taʼlim dasturining ikkinchi bosqichi doirasida mintaqaviy tanlovning finali boʻlib oʻtdi. Musobaqada Ozarbayjon, Iordaniya, Qozogʻiston, Qatar, Moʻgʻuliston va BAAdan 6 ta jamoa bilan bir qatorda Oʻzbekiston jamoasi ham ishtirok etdi. Loyihada yurtimizning qator universitetlari talabalari bilan qatorda bizning universitet talabasi ham gʻolib deb topildi. Techno Mind #TECH4GOOD global tanlovida bosh sovrin – 100 000 AQSh dollari miqdoridagi loyihani moliyalashtirish uchun qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Universitet jamoasi yakuniy bosqichda ulkan zafarlar tilab qoladi.