the Tashkent International Pedagogical Forum "Education: a look into the future" (TIPF 2023) has successfully completed its work

“Taʼlim: kelajakka nazar” (TIPF 2023) nomli Toshkent xalqaro pedagogik forumi oʻz ishini muvaffaqiyatli yakunladi


Bugun “Taʼlim: kelajakka nazar” (TIPF 2023) nomli Toshkent xalqaro pedagogik forumi oʻz ishini muvaffaqiyatli yakunladi. Forumda quyidagi mavzularda seminar treninglar tashkil qilindi: 1. Iqtisodiy fanlarni oʻqitishda joriy pedagogik va axborot texnologiyalari. 2. Aniq fanlarni oʻqitishning zamonaviy usullari.3. Tarix fanini oʻqitishda innovatsion pedagogik mahorat. 4. Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitishning yangi metodlari. 5. Arxitektura va qurilishning hozirgi tendensiyalari. 6. Til va adabiyot oʻqitishning ilgʻor usullari. 7. Zamonaviy psixologiyani oʻqitishda ilgʻor tajriba. 8. Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda oʻqitish metodikasi. 9. Sanʼatda nazariya va amaliyotni oʻrgatish. 10. Moda dizaynining hozirgi tendensiyalari va badiiy taʼlim tizimidagi muammolar.   
Forum “Yevrosiyoda fan” assotsiatsiyasi (Dubay ilmiy parki, Dubay, BAA) va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tomonidan tashkil etildi va homiylik qilindi. Shuningdek, ushbu muhim tadbir Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan yaqin hamkorlikda oʻtkazildi.