None

“Til davlat timsoli va millatning ruhidir”


2023 - yil 18 - oktabr kuni “Boshlangʻich ta’lim nazariyasi va metodikasi” mutaxassisligining MPRI-1U-2U-guruh talabalari ishtirokida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bagʻishlab “Til davlat timsoli va millatning ruhidir” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda “Boshlangʻich ta’lim nazariyasi va metodikasi” mutaxassisligining 2-bosqich magistrlari she’r va qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari, betakror raqslari bilan oʻzlarining mahoratlarini, ijodkorlik qobiliyatlarini namoyish etib barchaga koʻtarinki ruh baxsh etishdi.