Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) Qozog‘istonning Narxoz University tarkibidagi Narxoz Business School (NBS) bilan hamkorlikda biznes ta’limining yangi yo‘nalishini yo‘lga qo‘ydi
QS Global MBA 2025 reytingiga ko‘ra, Narxoz Business School Osiyoning TOP-50 biznes maktablari qatoriga kiradi. Shuningdek, maktab AMBA (Association of MBAs) va BGA (Business Graduates Association) xalqaro qo‘shma akkreditatsiyasiga ega.
Dunyo biznes maktablarining atigi 2 foizidagi MBA dasturlari AMBA akkreditatsiyasiga ega. AMBA xalqaro tarmog‘iga INSEAD, IMD, London Business School va HEC Paris kabi yetakchi biznes maktablari kiradi.
Hamkorlik KIUTda biznes ta’limini xalqaro standartlar asosida yanada rivojlantirishga qaratilgan.
www.kiut.uz