The Open Day was organized by YTIT podkurs preparatory courses at Kimyo International University in Tashkent.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti qoshida faoliyat yurituvchi YTIT podkurs tayyorlov kurslari tomonidan ochiq eshiklar kuni tashkil qilindi.


Farzandlarimiz katta sinflarga oʻtgani sari ularni kasbga yoʻnaltirish dolzarb masalalardan biriga aylanadi. OTM qoshida tashkil qilingan tayyorlov kurslariga farzandlarimizni oʻqishga berishimiz esa, bizga 3 ta eng muhim masalani hal qilishga yordam beradi. 

1. Universitet muhitida oʻqish (oʻquvchiga motivatsiya beradi, kelajakda aynan shu OTM oʻqish yoki oʻqimaslik haqida qaror qabul qiladi).

2. Imtihonlarga maqsadli tayyorlanish (tanlagan yoʻnalish boʻyicha mavjud metodika asosida oʻqish).

3. Eng iqtidorli tinglovchilarda muddatdan avval talaba boʻlish imkoniyati mavjudligi (darslarni qoldirmasdan, tayyorlov kurslarining yakuniy imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilar uchun).

Xulosa qilganda, Ochiq eshiklar kunida maktab oʻquvchilariga universitet haqida batafsil maʼlumot bilan birga, tayyorlov kurslarining afzalliklari haqida ham toʻxtalib oʻtildi.