None

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Koreya taʼlim markazi oʻrtasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi


Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Koreya taʼlim markazi oʻrtasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi.

Kuni kecha Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Koreya taʼlim markazi oʻrtasidagi hamkorlik sohasida muhim bir qadam tashlandi. Ikki muassasa oʻrtasida avvalroq imzolangan anglashuv memorandumiga qoʻshimcha kelishuv imzolandi. Ushbu kelishuv taʼlim sohasida ikki muassasa oʻrtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishni koʻzda tutadi.

Qoʻshimcha kelishuv asosan talaba almashinuvi dasturlari, oʻqituvchilar va tadqiqotchilar oʻrtasidagi hamkorlik, shuningdek, ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish kabi sohalarni oʻz ichiga oladi. Kelishuv ikki tomonlama madaniy tadbirlar va seminarlar oʻtkazishni ham nazarda tutadi, bu orqali talabalar va oʻqituvchilarning professional mahoratini oshirish va ularning madaniy tushunchalarini kengaytirish maqsad qilingan.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rektori ushbu kelishuvni ikki muassasa oʻrtasidagi uzoq muddatli va samarali hamkorlikning muhim qadami deb baxoladi. Koreya taʼlim markazi direktori oʻz navbatida: “Bu hamkorlik nafaqat ilmiy va akademik sohada, balki ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi”, - deb taʼkidlab oʻtdi.

Qoʻshimcha kelishuvning imzolanishi, shubhasiz, ikki muassasa oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi va kelajakda ikki tomonlama aloqalar yanada mustahkamlanishini anglatadi hamda Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi taʼlim va madaniyat sohasidagi aloqalarni yanada kengayishiga xizmat qiladi.