None

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Arxitektura va qurilish” yoʻnalishidagi zamonaviy laboratoriyaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi


Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Arxitektura va qurilish” yoʻnalishidagi zamonaviy laboratoriyaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ushbu laboratoriya Xitoyning yirik kompaniyalaridan biri Hisense kompaniyasining eng zamonaviy konditsioner va ventilyatsiya tizimlari texnologiyalari bilan jihozlangan. Laboratoriyaning ochilishida Shandong viloyati bosh vazirining oʻrinbosari va Toshkentdagi Hisense xalqaro kompaniyasining bosh direktori ishtirok etdi.
Laboratoriyaning ochilish marosimida Hisense kompaniyasi tomonidan "Qurilish" yoʻnalishining eng iqtidorli to'rt nafar talabasiga kontrakt toʻlovi uchun 30% grantlar taqdim etildi. Grantlar iqtidorli talabalarimizni ragʻbatlantirish maqsadida berildi:

1. Ergashev Mahmudjon Odiljon oʻgʻli
2. Sobirov Abdulla Azimjon oʻgʻli
3. Ten Aleksey Eduardovich
4. Bekpoʻlatov Hamzabek Oʻktam oʻgʻli