None

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Mehr va saxovat tadbiri” tashkil etildi


Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Mehr va saxovat tadbiri” tashkil etildi.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti rahbariyati, Axborot - resurs markazi, “Boshlangʻich taʼlim”, “Maktabgacha taʼlim” va “Maxsus pedagogika” yoʻnalishlari dekanati tashabbusi bilan 2024 yilning 1 mart kuni Yakkasaroy tumani Nuroniylar kengashi faollari va Toshkent shahridagi ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazi nuroniylari ishtirokida “Mehr va saxovat” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida universitetning Havaskor talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan, taniqli dramaturg Uygʻun qalamiga mansub “Parvona” spektakli mehmonlar eʼtiboriga havola etildi. Tadbir soʻngida nuroniylar kamtarona bayram dasturxoniga taklif etildi hamda ularga turkum badiiy kitoblar hadya etildi.