В Международном университете Кимё в городе Ташкенте прошла научно-просветительская конференция на тему «Жизнь и деятельность заслуженного деятеля науки, отличника народного образования, доктора экономических наук, профессора Ахмаджона Улмасова»

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, xalq ta’limi a’lochisi, iqtisod fanlari doktori, professor Ahmadjon O‘lmasovning hayoti va ijodi” mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi


Ilm-fan olamida keng tanilgan, o‘z nufuzi va obro‘ga ega bo‘lgan taniqli iqtisodchi olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, minglab shogirdlar yetishtirgan mehribon va talabchan ustoz, 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, namunali va ibratli oila sohibi bo‘lgan Ahmad O‘lmasov xotirasi shogirdlari, hamkasblari tomonidan yod etildi. Olim iqtisod ilmida o‘ziga xos kichik maktab yaratdi. Uning rahbarligida 31 nafar nomzodlik va 5 nafar doktorlik dissertatsiyasi bajarildi va himoya qilindi. Uning shogirdlari iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiyot tarixi, iqtisodiy ta’limotlar tarixi, sohasida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

Axmad O‘lmasov tayyorlagan fan nomzodlari va doktorlari ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasida unumli mehnat qilmoqdalar.