None

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida talabalar uchun “Bravo” orkestrining konsert dasturi tashkil etildi


Toshkent Kimyo xalqaro universitetida talabalar uchun “Bravo” orkestrining konsert dasturi tashkil etildi. Bu konsert musiqa va kino ishqibozlari uchun unutilmas kecha boʻldi, chunki unda Hindiston va Turkiyaning eng mashhur kinofilmlaridan saundtreklar ijro etildi. Konsertda Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari va universitetda tahsil olayotgan Turkiyalik va AQShlik talabalar ham ishtirok etishdi.

Konsertning asosiy maqsadi talabalarga madaniy diversifikatsiyani namoyish etish va ularni dunyo kino sanoatining goʻzal musiqalari orqali boshqa madaniyatlarga yaqindan tanishtirish boʻldi. Tadbir, shuningdek, talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularga darslar tashqarisida sifatli dam olish imkoniyatini taqdim etishga qaratilgan edi.