None

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining birinchi rektori, marhum professor Kudaybergenov Janpolat Shamuratovichning yorqin xotirasiga bagʻishlangan futbol turniri boʻlib oʻtdi


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining birinchi rektori, marhum professor Kudaybergenov Janpolat Shamuratovichning yorqin xotirasiga bagʻishlangan futbol turniri boʻlib oʻtdi.

Janpulat Shamuratovich ilm-fan va taʼlim sohasida beqiyos hissa qoʻshgan, koʻplab talabalarni ilm yoʻlida ilhomlantirgan inson edi. Kuni kecha, tashkil qilingan sport tadbiri ham ana shunday ruhda, yoshlarimizni sogʻlom va faol turmush tarziga undash maqsadida tashkil etildi.

Asosiy maqsad - turnir orqali yoshlarda sportga boʻlgan qiziqishni oshirish va ularni sogʻlom turmush tarziga jalb qilishdan iborat boʻldi. Shuningdek, bu musobaqa marhum professorimizning xotirasini abadiy yodda tutish va uning merosini kelajak avlodlarga yetkazish imkoniyatini berdi.