Toshkent Kimyo xalqaro universitetining professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari uchun Turkiyaning Karabük universitetida 60 soatlik trening tahkil qilindi

Toshkent Kimyo xalqaro universitetining professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari uchun Turkiyaning Karabük universitetida 60 soatlik trening tahkil qilindi


Toshkent Kimyo xalqaro universitetining  professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari uchun Turkiyaning Karabuk universitetida «Muhandislik maʼlumotlari va modellashtirish» hamda «Mexanik tizimlarni matematik modellashtirish» mavzularida 60 soatlik trening tashkil qilindi.

Trening va malaka oshirish dasturi Karabuk universitetining uzluksiz taʼlim tadqiqot va amaliy markazi (KABÜSEM) tomonidan amalga oshirildi. Universitetimizning tadqiqotchilari, jumladan Mashinasozlik, Mexatronika, Muqobil energiya  va Qurilish muhandisligi yoʻnalishining rahbarlari treningda ishtirok etishdi. Kurs davomida ustozlarimiz Temir va poʻlat instituti, laboratoriyalar, kutubxona va dars xonalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.  Trening yakunlangach, Safranbolu fan va sanʼat akademiyasida sertifikat topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Eslatib oʻtamiz, joriy yilning may oyida Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Innovatsiya va ilmiy ishlar boʻyicha prorektori prof. Jamshid Kaniev va Turkiyaning Karabuk universiteti rektori Dr. Refik Poʻlat tomonidan ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.